Gollandiya nashri Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deya e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2017, 04:04
1962 yilda faoliyat boshlagan Gollandiyaning Votebal International nashri “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchi Leonel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ydi.

Undan keyingi pog'onani uning vatandoshi Diego Maradona, kuchli uchlikni Yoxan Kroyf yakunlagan. Pele va Di Stefano kuchli beshlikdan joy olgan. Ammo ushbu nashr hozircha tarixdagi eng yaxshi futbolchilar joy olgan ro'yxatni to'liq e'lon qilmagan.

Ilgariroq France Football nashri Messini joriy yilgi Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasiga kiritmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: abola.pt