Gollandiya. “Ayaks” bir kishi kam bo'lib, PSVni taslim etdi va oradagi farqni qisqartirdi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2019, 22:30
Gollandiya chempionatining 27-turida musobaqa peshqadamlari “Ayaks” hamda PSV klublari o'zaro to'qnash keldi.

O'yinning 57-daqiqasida hisob mezbonlar (1:0) foydasiga hal bo'lib turgan paytda “Ayaks” yarimhimoyachisi Nussair Mazraui qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasidan PSV a'zolari unumli foydalanib hisobni tenglashtiradi. Biroq, amstyerdamliklar bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan, so'nggi 20 daqiqalikda g'alabani (3:1) ilib ketadi. 

Mazkur muvaffaqiyatdan so'ng, “Ayaks” chempionat yetakchisi PSV bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia