Goal.com: Zaa ijara asosida “Nyukasl”ga o'tmoqchi

3 okt 2013, 11:15
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Uilfrid Zaa qishki transferlar oynasi paytida o'z klubini o'zgartirmoqchi.

21 yoshli Angliya yoshlar terma jamoasi futbolchisiga “Nyukasl”, “Suonsi”, “Vest Bromvich”, “Stok Siti” klublari va o'yinchini ijaraga olishni istayotgan sobiq klubi “Kristal Pelas” klubi da'vogarlik qilayapti. “Pelas” futbolchining transferi bo'yicha mankunianliklarga so'rov xati yuborgan, deb xabar beradi Goal.com.

Ta'kidlab o'tamiz Angliya Superkubogi doirasida “Manchester Yunayted”ning “Uigan”ga qarshi o'yinidan so'ng, Zaa “qizil iblislar safida” haligacha maydonga tushgani yo'q. Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining o'zi “Nyukasl”ga o'tishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Angliya chempionlari yarim himoyachini 17 million funtga sotib olishgan edi.


Manba: sports.ru