
London klubi futbolchi uchun ikki yillik shartnoma taklif etdi.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichi bir sutka ichida nihoyasiga yetishi kutilyapti, deb xabar bermoqda Goal.com.
Manbaning xabarlariga ko'ra "Chelsi" Eto’O uchun 1,5 million funt to'lamoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bir necha bor "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi borasida taklif bilan chiqib, ularni samarali yakunlay olmaganidan so'ng, kamerunlik hujumchini sotib olishga qaror qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Eto’O kelgach, "Chelsi" hujumchisi Demba Ba ijaraga berib yuborilish ehtimoli yuqori.