Ginter Germaniyaning boshqa klubi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
4 may 2022
"Frayburg" Mattias Ginter bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

28 yoshli himoyachi jamoaga erkin agent sifatida qo'shiladi. Uning Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Futbolchi 28-raqam ostida to'p tepadi. Tomonlar shartnoma tafsilotlarini oshkor qilmaslikka qaror qilishdi.

Ginter professional faoliyatini aynan “Frayburg”da boshlagan. U 2005 yildan 2014 yilgacha klub sharafini himoya qilgan, shundan so'ng Dortmundning ko'chib o'tgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: scfreiburg.com