Giggz “Manchester Yunayted”da ikkita vazifani bajaradigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013, 16:14
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz, klubning murabbiylar shtabiga kirdi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Shunday qilib, 39-yoshli futbolchi endi klubning o'ynovchi murabbiyiga aylandi. Yaqindagina murabbiylik licenziyasini olgan Giggz, “qizil iblislar” bilan yangi mavsum uchun shartnomani uzaytirdi.

Giggz “MYU” tarkibida 22 yildan beri o'ynab keladi. Bu vaqt mobaynida futbolchi 941 ta o'yin o'tkazgan va 168 ta gol urishga erishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru