Giggz: "Chempionlar Ligasida ishtirok etgan o'yinlar soni bo'yicha Rauldek futbolchini ortda qoldirish sharafli natija"

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 15:58
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Rayan Giggz o'zi uchun rekord o'yin hisoblangan "Shaxtyor"ga qarshi baxsdan so'ng intervyu berdi.
"Yaxshi natijaga erishish uchun ko'p va xo'p ishlash, qattiq mehnat qilish kerakligi hech kimga sir emas. Men omadli insonman. Shunday buyuk klubda ko'plab ajoyib futibolchilar bilan o'ynash nasib etdi. Men uchun bu juda qadrli narsa. Rauldek futbolchini Chempiolar Ligasi doirasidagi o'yinlarda maydonga tushish soni bo'yicha ortda qoldirish sharafli ko'rsatkich. Ushbu yutug'imdan mamnunman. Afsuski, bugun g'alaba qozona olmadik. Boshqa tomondan olib qaraganda, durang ham juda qiyin bo'lgan kurash natijasida qo'lga kiritildi", dedi Giggz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru