Gibraltarning tarixidagi ilk raqibi Slovakiya bo'ladi
Narzulla Saydullayev
29 okt 2013
Slovakiya futbol Federatsiyasi rasmiy saytining xabariga ko'ra, terma jamoa Gibraltar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 24 may kuni Gibraltar UEFA tarkibiga kirdi va 19 noyabr kuni o'z tarixida birinchi o'yinni o'tkazadi. O'rtoqlik uchrashuvi Portugaliyaning Faru shaharchasida bo'lib o'tadi.