Geynrix va Ahmedov 4 iyun kuni terma jamoa safiga qo'shiladi

Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 12:05
O'zbekiston terma jamoasi 6 va 12 iyun kunlari Tailand va Eronga qarshi bahs o'tkazadi.

Babayan bo'lajak o'yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Toshkentga 4 iyun kuni yetib keladi. Chunki, "Shanxay SIPG" 31 may sanasida OCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida Xitoyning boshqa bir klubi "Jiangsu Sunin" bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, terma jamoamizning yana bir tajribali o'yinchisi Aleksandr Geynrix ham terma jamoa ixtiyoriga 4 yoki 5 iyun kuni yetib keladi. Uning jamoasi "Ordabasi" 31 mayda "Irtish"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia