Geynrix terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2015, 14:08
Qozog'istonning "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix bugun Toshkentga yetib keldi.

O'zbekiston terma jamoasi safida 84ta o'yinda maydonga tushib 29ta gol urgan hujumchi kecha klubi safida Qozog'iston chempionatining so'nggi turida maydonga tushdi. Geynrix bugun terma jamoa futbolchilari bilan birga mashg'ulot o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi KXDR va Yamanga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia