

"Bugungi o'yinimiz kechagidan yaxshiroq chiqdi (Eron - Qirg'iziston 5:0), qizlardan ko'nglim to'ldi. Futbolchilarim maydonda borini berishdi, ularga rahmat aytmoqchiman. Bizni eng muhim uchinchi o'yinimiz kutib turibdi. O'sha bahsda yaxshiroq o'yin ko'rsatish uchun tayyorgarlik ko'ramiz. O'zbekiston terma jamoasi mahorat va futbolchilar sifati bo'yicha bizdan biroz ustun ekan" - dedi Qirg'iziston ayollar fuzal terma jamoasi bosh murabbiyi.



