

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann noyabr oyidagi yig'inga 27 nafar futbolchini chaqirdi. Bundestim Turkiya (18 noyabr) va Avstriya (21 noyabr) bilan o'ynaydi. Nagelsmann yaqinda og'ir jarohatidan forig' bo'lgan Manuel Noyerni bezovta qilib o'tirmadi.
Darvozabonlar: Oliver Baumann (Xoffenxaym), Yanis Blasvix (RB Leyptsig), Mark-Andre ter-Shtegen (Barselona), Kevin Trapp (Ayntraxt Frankfurt).
Himoyachilar: Robin Gosens (Union), Benjamin Xenrixs (RB Leyptsig), Mats Xummels (Borussiya Dortmund), Antonio Ryudiger (Real Madrid), Niklas Zyule (Borussiya Dortmund), Jonatan Ta (Bayer), Malik Tshau (Milan).
Yarim himoyachilar: Robert Andrix (Bayer), Yulian Brandt (Borussiya Dortmund), Kris Fyurix (Shtutgart), Leon Gorecka (Bavariya), Paskal Gross (Brayton), Ilkay Gyundogan (Barselona), Kay Xaverc (Arsenal London), Yonas Xofman (Bayer), Yozua Kimmix (Bavariya), Feliks Nmecha (Borussiya Dortmund), Leroy Sane (Bavariya), Florian Virc (Bayer).
Hujumchilar: Marvin Duksh (Verder), Niklas Fyullkrug (Borussiya Dortmund), Serj Gnabri (Bavariya), Tomas Myuller (Bavariya).
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi Evro-2024 mezboni sifatida saralashda qatnashmaydi. Ammo yomon natijalar tufayli sentyabr oyida Xans-Diter Flik ishdan bo'shatildi. U ishdan bo'shatilgan tarixdagi birinchi Germaniya terma jamoasi murabbiyiga aylandi.



