Germaniyalik futbolchi o'z xizmatlarini "Barselona"ga taklif qildi

Alisher
12 okt 2019, 12:22
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O'zil jamoadan ketmoqchi.

Germaniyalik o'yinchi qishki transferlar oynasida jamoani tark etishni xohlamoqda.

30 yoshli futbolchi xavbek "Barselona"ga o'tmoqchi va "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga o'z xizmatlarini taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, Mesutning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

U 2010-2013 yillar davomida "Barselona"ning ashaddiy raqibi bo'lmish "Real"da harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal