Germaniya terma jamoasining etti futbolchisi grippga chalindi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2014, 15:52
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov jamoaning etti futbolchisi grippga chalinganini tasdiqladi.
“Etti futbolchi grippga duchor bo'lishgan. Xonalarda kondicioner ishlab turibdi. Bundan tashqari, futbolchilar ko'p uchishmoqda va temperatura o'zgarib ketyapti. Futbolchilarimiz Fransiyaga qarshi chorak final bahsigacha tuzalishiga umid qilaman” – deydi Lyov.
Eslatib o'tamiz, Fransiya va Germaniya o'rtasidagi uchrashuv 4 iyul kuniga rejalashtirilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com