Germaniya terma jamoasining yangi sardori ma'lum

Khoja
3 sen 2024, 09:50
Bu haqida terma jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsman ma'lum qildi.

Endilikda "nemis mashina"sini uchrashuvlarga "Bavariya" himoyachisi Yozua Kimmix boshlab tushadi. 

"Kimmix Yevropa chempionatida uchta sardordan biri edi. Ikkita sardor ketganidan so'ng u jamoani boshlab tushishi mantiqan to'g'ri qaror bo'ladi", - dedi Yulian Nagelsman.

Germaniya terma jamoasining vice-sardorlari esa Antonio Ryudiger va Kay Xaverc bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com