Germaniya Bundesligasi muxlislar soni bo'yicha ilk bor quyi ligadan ortda qoldi

Оқил Абдубарноев
21 fev 2024, 00:59
Germaniya Bundesligasi tomoshabinlar soni bo'yicha birinchi marta quyi ligadan ortda qoldi.

“Kicker” nashrining xabar berishicha, 2-Bundesliganing 22-turdan o'rin olgan 9 ta o'yinni 284 643 nafar muxlis tomosha qilgani haqida xabar berdi.

“Shalke 04” klubi “Ven” ustidan g'alaba qozongan (1:0) o'yinni tribunadan 60 542 nafar ishqiboz kuzatgan.

Bundesliganing 21-turidan o'rin olgan uchrashuvlarni esa 261099 nafar tomoshabin tomosha qilgan. Eng ko'p muxlis "Kyoln" - "Verder" uchrashuvida qayd etilgan (50 000).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker