Genrix Mxitaryan Chempionlar ligasi finaliga chiqqan birinchi arman

Alisher
17 may 2023
Inter yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqqan tarixdagi birinchi arman bo'ldi.

Chempionlar ligasi 1/2 finalining Inter va Milan o'rtasidagi javob uchrashuvida Simeone Indzagi shogirdlari raqiblarini (1:0) hisobida taslim etdi va ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:0)finalga yo'l oldi.

Qora-ko'klar yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan shu tariqa, evrokuboklarning eng nufuzli turniri final o'yinida ishtirok etgan ilk armaniyalik bo'ladi. Avvalroq Armaniston vakillari Chempionlar ligasi finalida maydonga tushmagandi.

Eslatib o'tamiz, 1/2 finalining birinchi uchrashuvida Genrix Mxitaryan gol urib, o'sha uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatgan edi.

Chempionlar ligasi finali Istanbulda 10 iyun kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com