"Gavr" Liga 1 ga ko'tarildi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023, 14:25
"Gavr" mavsum yakunlariga ko'ra Fransiya oliy divizioniga chiqdi.

"Gavr" oxirgi turda "Dijon"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shunday qilib, jamoa 75 ochko bilan Liga 2 turnirida g'olib chiqdi.

Klub oxirgi marta 2008/09 yilgi mavsum Fransiya futbolining oliy divizionida o'ynagan va 26 ochko bilan 20-o'rinni egallagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN Sports