

Kataloniyaliklar safida bahsni asosiy tarkibda boshlagan yarim himoyachi Gavi musobaqadagi yubiley 50-o'yinida qatnashdi. U XXI asrda La Ligada bunday natijaga erishgan eng yosh ikkinchi futbolchi bo'ldi – 18 yosh-u, 156 kunlik. Bu borada rekord esa “Atletik” a'zosi Iker Munyainga (18 yosh-u, 77 kunlik) tegishli.
Eslatib o'tamiz, xavbek joriy mavsum Ispaniya chempionatida 15 uchrashuva qatnashib, bitta golga hammuallif bo'ldi.



