
Sentyabr oyidagi 4ta uchrashuvda 6ta gol urgan Keyn faoliyati davomida beshinchi marotaba oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Hozirga qadar APL tarixida eng yaxshi futbolchi sovrinini eng ko'p qo'lga kiritgan o'yinchi - Stiven Jerrard hisoblanadi. U 6ta marta ushbu nomga sazovor bo'lgan. Garri Keyn yana ikki marotaba oy futbolchisi bo'lsa, APLning rekordchisiga aylanadi.
Oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini eng ko'p olgan o'yinchilar:
Stiven Jerrard - 6
Robin van Persi - 5
Ueyn Runi - 5
Garri Keyn - 5