Gari Nevill: "Nottingem" g'alabaga loyiq edi"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning "Nottingem Forest"dan uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.

Kecha mankunianliklar safarda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Manchester Yunayted" yana juda yomon jamoa sifatida ko'rindi.

Biroq "Forest"ning o'yinini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ular juda zo'r o'ynashdi va g'alabaga haqli edilar", - dedi Nevill.

"Manchester Yunayted" ayni damda APLning 7-pog'onasini egallab turibdi. Jamoaga Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiy bo'lganidan keyin jamoa 3 o'yinning ikkitasida g'alabaga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail