

"Bu bahs MYUning hozirgi darajasini ko'rsatib berdi, ular chempionlikka tayyor emas. Vaziyat Mourinyo "Chelsi"ga qaytib, sovrin yuta olmasligini tan olganiga o'xshayapti. "Liverpul"ga qarshi bahsda standartlar kam bo'ldi, ular qarshi hujumda muvaffaqiyatga erisha olishmadi, chunki futbolchilar o'z darvozasiga yaqin o'ynashdi.
MYU Mourinyo kelishiga qadar transfer oynalarida yomon ishladi.
Mourinyoning "Chelsi"si birinchi mavsumda bir necha nafar futbolchi xarid qildi, ikkinchisida esa - jamoani qurish ishlari yakunlandi. U nima qilayotganini biladi. Hozir Jozega ishonmaslik uchun sabab yo'q" - deydi Nevill.



