Gari Nevill: "Espanol" bilan bahs natijasi qanday bo'lishidan qatiy nazar "Valensiya"da qolaman"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2016, 21:35
"Valensiya" bosh murabbiyi Gari Nevill "Espanol"ga qarshi bahsda mag'lub bo'lsa, jamoani tark etishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Espanol" bilan bahs natijasi qanday bo'lishidan qatiy nazar "Valensiya"dagi faoliyatim davom etadi.

Biz bor e'tiborimizni shu uchrashuvga qaratganmiz. Men faqat futbol haqida o'ylayman. Bu klub uchun juda muhim, biz vahima qilayotganimiz yo'q va o'zimizga ishonamiz. Omadimiz keladi. Muvaffaqiyatsizlik bir umir davom etmaydi-ku" deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana