Garet Beyl faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin

Alisher
31 mar 2022, 18:05
"Milan" vakili Paolo Maldini "Real" forvardi Garet Beylning kelajagini muhokama qilish uchun uning agenti bilan gaplashdi.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, boshqaruvchi uelslik keyingi mavsumda qancha mablag' ishlashni xohlayotganini bilishga qaror qilgan.

32 yoshli o'yinchining "Real" bilan kelishuvi mavsum so'nggida yakuniga etadi, madridliklar hali shartnomani uzaytirishni ma'lum qilishmadi.

Beyl joriy mavsum ispan jamoasi tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/rudygaletti