“Gamburg” Bert van Marveyk bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti

10 fev 2014, 12:33
Jamoaning so'nggi o'rinlarda borayotganiga qaramay, “Gamburg” klubi rahbariyati bosh murabbiy Bert van Marveyk bilan xayrlashmoqchi emasligini ta'kidladi.

“Biz Bert van Marveyk bilan hamkorlik qilishda davom etamiz, va aynan mana shu murabbiy jamoani kubok uchun bo'ladigan “Bavariya”ga qarshi bahsga tayyorlaydi. Klub hozircha boshqa murabbiylar bilan aloqaga kirishmay turadi”, - “dinozavr”lar matbuot-xizmati rahbarining so'zlarini keltiradi Sport1.de.


Manba: football.kulichki.net