Galte Neymarning o'yiniga yuqori baho berdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022, 15:04
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte hujumchi Neymarning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Neymar yuqori saviyali futbolni ko'rsatmoqda. U optimal holatda bo'lish uchun birinchilardan bo'lib mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlagandi. U jarohat olmadi va bu biz uchun juda yaxshi yangilik. Agar unda muammo bo'lmasa, u shu darajada o'ynashda davom etadi", – dedi Galte.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 11 ta uchrashuvda qatnashib, 9 ta gol urdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo