
Bu haqda klub vice-prezidenti Adriano Galliani ma'lum qildi.
"Inzagida "Milan" bilan shartnoma bor va u kelasi mavsum ham jamoa murabbiyi bo'lib qoladi. Filippo o'zini mavsum oxirida ko'rsatishiga ishonaman. "Milan" muxlislari klub prezidenti Berluskonidan mamnun bo'lishi kerak, chunki u bu jamoani muvaffaqiyatga erishishiga katta xissa qo'shdi. U bilan biz 5ta evrokubok va sakkizta Skudettoni qo'lga kiritdik.
Biz hozirda Yevropa ligasi hududidan 8 ochko ortda qolyapmiz, ammo bu imkoniyat bizda bor ekan oxirigacha kurash olib boramiz" - deydi Galliani.