“G'allaorol” futbol klubi paxta yig'im-terimida o'z xissasini qo'shdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2017, 09:10
Milliy boyligimiz bo'lgan paxtaning yig'im- terim ishlari qizg'in davom etmoqda.

Saytimiz orqali ushbu mavsumda paxta yig'im- terim ishlarida qatnashgan futbol klublari haqida xabar bergan edik.

Jizzax viloyatini sharafini birinchi liga doirasida himoya qilayotgan “G'allaorol”  jamoasi a'zolari ham paxta yig'im- terimiga o'z hissalarini  qo'shishdi.

“Biz ommaviy axborot vositalari orqali yurtimiz futbol jamoalari paxta yig'im-terimida faol ishtirok etayotgani  haqida tanishib borayotgan edik. Yuzaga kelgan bo'sh vaqtdan unumli foydalanib, jamoamiz murabbiylari  va futbolchilari bilan birgalikda  paxta-yig'im terimida ishtirok etish tashabbusi bilan chiqdik.Biz ham bugun yurtimiz paxta xirmoniga oz bo'lsa ham o'z xissamizni qo'shganimizdan xursandmiz ”-deydi “G'allaorol” futbol klubi vakili Elbek Imomnazarov.

Dildora Xolboeva tayyorladi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia