Gabriel Jezusning do'sti Braziliyaning asosiy tarkibini sotib qo'ydi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2018, 08:19
Braziliya terma jamoasining JCH-2018dagi ilk uchrashuvi 17 iyun kuni Shveytsariyaga qarshi o'tkazadi.

Kecha jamoa Sochida mashg'ulot o'tkazdi. Jurnalistlarga mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi ochiq bo'ldi, futbolchilarning yaqinlari esa uni oxiriga qolishdi.

Yakunda Gabriel Jezusning do'stlaridan biri instagramdagi o'z sahifasiga asosiy tarkibni yozib yubordi: Alisson – Danilo, Tiago Silva, Miranda, Marselo – Kazemiro, Paulino, Koutino, Villian – Gabriel Jezus, Neymar.

Xuddi shunday tarkib bilan Braziliya 10 iyun kuni Avstriyaga qarshi (3:0) o'rtoqlik uchrashuvida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uol