Gabon chempionatida darvozabon vafot etdi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014
Gabon chempionati doirasidagi Bongovil va Mberi Sportif uchrashuvi fojiali tugadi.
Maydon egalari posboni Silvan Azugui raqib darvozaboni bilan to'qnashuv natijasida vafot etdi.

30 yoshli beninlik posbon to'pni qaytardi, hujumchi esa xo'l maydonda yiqilib tanasi bilan darvozabonning boshiga tushdi.

Ushbu to'qnashuvdan so'ng darvozabon shifoxonaga ketayotganida vafot etdi, deb xabar bermoqda AP.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru