Gabi: "Kurtuani "Real" formasida ko'rish og'riqli"

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018
"Atletiko" sobiq sardori, ayni damda "Al-Saad" sharafini himoya qilayotgan Gabi "matraschilar" sobiq darvozaboni Tibo Kurtuaning "Chelsi"dan "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Kurtuani "Real" formasida ko'rish og'riqli. Kim bilandir birga o'ynab, sovrin yutganingizdan so'ng uni raqib safida ko'rish noodaytiy va yoqimsiz holat.

Godin "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdimi? U klub uchun juda muhim va jamoani tark eta olmas edi. "Yuventus" va "Manchester Yunayted"ning takliflari haqida eshitdim.

Diego - "Atletiko" uchun ideal sardor, u yangi shartnoma olganidan hayron emasman" - deydi Gabi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana