

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi iyul oyi reytingida 1202 ochko bilan 27-o'rinni egallab turibdi. Bu borada terma jamoamiz Osiyo davlatlari orasida beshinchi o'rinda. Bizdan avvalgi o'rinlarni Eron, Tailand, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari band etishgan.
Dunyo terma jamoalari reytingini hamon Braziliya futzalchilari boshqarib borishyapti. Keyingi o'rinlardan Ispaniya, Rossiya, Argentina, Italiya, Eron, Portugaliya, Ukraina, Qozog'iston, Ozarbayjon terma jamoalari joy olishgan.




