Futzal. O'zbekiston - Venesuela uchrashuvlari boshlanish vaqti ma'lum

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2021, 12:01
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

Mazkur yig'in davomida futzalchilarimiz 2021 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashadi.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlari mehmon jamoa iltimosiga binoan 24 va 27 iyun kunlari "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Sanitariya qoidalariga qatiy rioya qilgan holda, ushbu o'yinlarga tomoshabin kiritilishiga ruxsat beriladi.

Arenaga kirish bepul!

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari

24 iyun, 19:00

O'zbekiston - Venesuela

27 iyun, 18:00

O'zbekiston - Venesuela


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz