Futzal. O'zbekiston uchinchi o'rtoqlik bahsida Tojikistonni ayab o'tirmadi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022, 20:44
Futzal bo'yicha milliy terma jamoamiz Tojikistonga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Unda vakillarimiz raqib darvozasiga 5 ta to'p kiritib, yirik g'alabani tantana qilishdi.

O'zbekiston – Tojikiston 5:1

"So'g'diyona" sport majmuasi

Gollar: Akbar Usmonov 11', 38', Shahram Fahriddinov 20', Husniddin Nishonov 33', Dilshod Rahmatov 36', Idris Yorov 38'

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1. Rustam Umarov (s), 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 17. Daler Eshonqulov

Zaxira: 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 5. Hayrulla Solihov, 7. Dilshod Rahmatov, 9. Davlat Ibragimov, 10. Akbar Usmonov, 11. Shahram Fahriddinov, 12. Ravshan Elibaev, 13. Aslbek Isroilov, 14. Samariddin Berkinov, 15. Qosim Safarov

Tojikiston (dastlabki beshlik): 1. Murodillo Aliqulov, 14. Dilshod Salomov (s),  6. Idris Yorov, 13. Baxtiyor Soliev, 5. Abduqayum Umarov

Zaxira: 4. Nasratsho Ismoilov, 8. Bahodir Xo'jaev, 9. Rustam Hamidov, 11. Iqbol Vasitzoda,  7. Shavkat Halimov, 15. Xudobaxsh Mirzoev, 3. Mirzorauv Umarov, 16. Jamshed Fayziev

Eslatib o'tamiz, jamoalarning ilk nazorat o'yinida 4:4 hisobida jangovar durang kuzatilgan bo'lsa, ikkinchisida ham kuchlar teng kelgandi (2:2).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia