Futzal. 12ta gol urilgan bahsda O'zbekiston Tojikistonni mag'lubiyatga uchratdi

Tolibjon Qosimov
25 okt 2019
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga yakun yasaldi.

Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralashning "A" guruhida ikkinchi turdan keyinoq qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritgan O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o'zaro bellashadilar. Bahs 9:3 hisobida hamyurtlarimizning g'alabasi bilan yakuniga etdi va ular guruhda 9 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni egallashdi.


Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqasi
"A"
guruhi, 3-tur
O'zbekiston – Tojikiston 9:3

Gollar: Akbar Usmonov 8, 16, Husniddin Nishonov 15, Dilshod Rahmatov 18, Davron Choriev 19, 26, 28, Xushnur Erkinov 26, Dilmurod Shavkatov 29- Bahodur Xo'jaev 1, 3, Rahmonali Sharipov 31.

O'zbekiston: 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.

Tojikiston: 2.Murodullo Aliqulov, 4.Bahodur Xo'jaev, 6.Rahmonali Sharipov, 9.Fayzali Sardorov, 13.Quvvatbek Ravshanbekov.
Zaxira: 1.Firuz Bekmurodov, 3.Iqboli Vozitzoda, 5.Sobirxon Gulyakov, 7.Rustam Hamidov, 8.Shavqat Halimov, 10.Parviz Rahmatov, 11.Muhammadjon Sharipov, 12.Umed Kuziev, 14.Dilshod Salomov.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia