Futzal: O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyadagi o'rtoqlik turnirida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2016, 11:02
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning may oyida Yaponiyada o'tkaziladigan xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Ushbu qisqa muddatli kichik o'rtoqlik turnirida uch terma jamoa - Yaponiya, O'zbekiston hamda Vetnam ishtirok etadi.

Musobaqa 22 - 24 may kunlari bo'lib o'tadi.

Turnir taqvimi:

22 may, juma

15:00 Yaponiya – Vetnam

23 may, shanba

12:00 Vetnam - O'zbekiston

24 may, yakshanba

10:00 Yaponiya -O'zbekiston

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi, Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati kumush medallarini qo'lga kiritib, shu yilning 10 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Kolumbiyada o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ushbu o'rtoqlik turniri Mendez shogirdlari uchun mundialga tayyorgarlikning bir bosqichi vazifasini o'tab beradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com