Futzal. O'zbekiston noyabrda BAA bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Tolibjon Qosimov
17 okt 2014, 12:59
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabrda BAA terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'yinlar 13-14 noyabrda BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu ikkita bahsga qadar terma jamoa uchun Toshkentda 10 kunlik yig'in tashkillashtiriladi va 12 noyabrda terma jamoamiz delegaciyasi amirliklarga uchib ketadi.