Futzal. O'zbekiston MTJ nazorat o'yinida AGMKga imkoniyatni boy berdi

Tolibjon Qosimov
26 iyul 2019, 16:04
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ hamda AGMK klubi o'zaro nazorat o'yini o'tkazdi.

Bu uchrashuv Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz uchun Toshkentda o'tkazilgan yig'inning mantiqiy yakuni bo'lgan ersa, Aleksandr Petrov boshqaruvidagi olmaliqliklar uchun Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga ketish oldidan so'nggi sinov bo'ldi.

Uchrashuvda yosh o'yinchilardan iborat milliy terma jamoadan ko'ra tajribaliroq bo'lgan AGMK 4:2 hisobida g'alaba qozondi.


Nazorat o'yini

26.07.2019

O'zbekiston - AGMK 2:4

Gollar: B.Rizaev, S.Jo'raev - I.Ropiev (2ta), I.Hamroev, D.Choriev

O'zbekiston MTJ: Darvozabonlar: Akmaljon Hazratqulov ("Paxtakor"), Ravshan Eliboev ("Paxtakor"), Abbos Elmurodov ("Lokomotiv"), Islom Miraliev ("Bunyodkor").

Futzalchilar: Sunnatilla Jo'raev ("Nasaf"), Muhammad Zoirov ("Paxtakor"), Avaz Abduvaliev ("Paxtakor"), Laziz Ubaydullaev ("Dinamo"), Botir Rizaev ("Maksam-Chirchiq"), Shoxzod Sadiev ("Dinamo"), Dilmurod Shavkatov ("Paxtakor"), Husan G'aniev ("Navbahor"), Dilmurod Jumaev ("So'g'diyona"), Davlat Ibrohimov ("Dinamo"), Abdulla Solixov ("Lokomotiv").

AGMK: Darvozabonlar: Rustam Umarov, Abbosbek O'lmasbekov.

Futzalchilar: Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron Valijonov, Alan Aminov, Akbar Usmonov, Temur Berdiev, Davron Choriev, Islombek Biyto'raev, Anasxon Rahmatov.


Endi O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyida yana yig'in o'tkazadi. AGMK esa 5 avgust sanasida Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailand poytaxti Bangkok shahriga yo'l oladi.


Eslatib o'tamiz, AGMK musobaqaning "B" guruhida "Tai Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat" (Iroq) va "Ar Rayan" (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.

AGMK jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibi e'lon qilindi 

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia