Futzal. 27 sentyabrda boshlanadigan Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Tojikiston va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy oldi

Sherzod Nurmatov
26 may 2022, 12:19
27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kuvaytda o'tadigan futzal bo'yicha 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Qur'a natijalariga ko'ra 4 tadan jamoa 4 guruhga bo'lindi. O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Bahrayn hamda qo'shni davlatlar Tojikiston va Turkmaniston bilan ro'baro' keladigan bo'ldi. Barcha guruhlar bilan tanishing:

"A" guruhi

1. Kuvayt

2. Iroq

3. Tailand 

4. Ummon 


"B" guruhi 

1. O'zbekiston

2. Bahrayn

3. Tojikiston

4. Turkmaniston


"C" guruhi

1. Eron

2. Livan

3. Xitoy Taypey

4. Indoneziya


"D" guruhi

1. Yaponiya

2. Vetnam

3. Janubiy Koreya

4. Saudiya Arabistoni

Chorak final:

1-juftlik. "A" guruhi g'olibi – "B" guruhi 2-o'rin sohibi

2-juftlik. "B" guruhi g'olibi – "A" guruhi 2-o'rin sohibi

3-juftlik. "C" guruhi g'olibi – "D" guruhi 2-o'rin sohibi

4-juftlik. "D" guruhi g'olibi – "C" guruhi 2-o'rin sohibi


Yarim final:

1-juftlik. Chorak final 1-juftligi g'olibi – chorak final 3-juftligi g'olibi

2-juftlik. Chorak final 2-juftligi g'olibi – chorak final 4-juftligi g'olibi


3-o'rin uchun bahs:

Yarim final 1-juftligida yutqazgan jamoa – yarim final 2-juftligida yutqazgan jamoa


Final:

Yarim final 1-juftligi g'olibi – yarim final 2-juftligi g'olibi


Osiyo Kubogi-2022 final bosqichi savatchalari:

1-savatcha: Kuvayt, Eron, Yaponiya, O'zbekiston

2-savatcha: Iroq, Livan, Vetnam, Bahrayn

3-savatcha: Tailand, Xitoy Taypey, Tojikiston, Janubiy Koreya

4-savatcha: Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Turkmaniston, Ummon

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia