Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. Portugaliya - O'zbekiston 5:1

Narzulla Saydullayev
2 sen 2016
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoa Yevropa vakiliga qarshi bahsda 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Jamoamiz safida yagona gol Artur Yunusov hisobiga yozildi.

Bugun, 2 sentyabr kuni O'zbekiston ikki karra Jahon chempioni Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

1 sentyabr. Portu
Portugaliya - O'zbekiston 5:1
Gollar
: Koelo (5), Rikardino (19), Migel Angelo (22), Jo (31), Tyago (39) – Artur Yunusov (17)
 

7 sentyabrda futzalchilarimiz Kolumbiyada Italiya terma jamoasi bilan o'yin o'tkazishadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston mundialni 11 sentyabr kuni Panamaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 14 sentyabrda Kolumbiya, 17 sentyabrda Portugaliyaga qarshi o'ynaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia