Futzal. Yevropa chempionatining dastlabki finalchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
Amstyerdamda davom etayotgan Yevropa chempionatining dastlabki yarim final o'yini yakuniga etdi.

Unda rossiyaliklarning qo'li baland keldi, 3:2. Qayd etish kerak, uchrashuv yakunlanishiga 1 daqiqa vaqt qolganida Ukraina termasi penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ammo undan yo'llangan zarbani Putilov qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Shu orqali ruslar Yevropa chempionatining dastlabki finalchisiga aylandi. Ikkinchi yarim finalda Ispaniya hamda Portugaliya termalari to'qnash keladi.

Ukraina - Rossiya 2:3

Gollar: Sokolov (2, 0:1), Afanasev (15, 0:2), Siriy (16, 1:2), Niyazov (31, 1:3), Abakshin (35, 2:3).

Ukraina - Cipun, Chernyavski, Korsun, Shoturma, Zvarich.

Zaxiradagilar: Savenko, Radevich, Razuvanov, Lebid, Siriy, Abakshin, Jurba, Farenyuk, Pediash.

Rossiya - Putilov, Abramov, Sokolov, Paulino, Nando.

Zaxiradagilar: Zamtaradze, Milovanov, Niyazov, Chishkala, Abramovich, Davidov, Afanasev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia