Futzal. Dekabrdagi xalqaro turnirda Belarus terma jamoasi ham qatnashadi

Tolibjon Qosimov
29 okt 2014, 18:25
Shu yilning dekabr oyida Toshkentda futzal bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi.
Shu kunga qadar turnirda O'zbekiston, Qozog'iston va Ozarbayjon terma jamoalarining ishtirok etishi ma'lum bo'lib ulgurgan edi. Bugun to'rtinchi ishtirokchining nomi ham ma'lum bo'ldi. Belarus terma jamoasi O'zbekiston futzal assotsiatsiyasi tomonidan jo'natilgan taklifga ijobiy javob qaytardi. Demak, yilning so'nggi oyida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjon hamda Belarus terma jamoari ishtirok etishadi. O'yinlar 1-3 dekabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia