Futzal. Bugun terma jamoamiz Iroqqa qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2022, 08:43
Bugun Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bugun ham Iroq terma jamoasi futzalchilarimizga raqiblik qiladi. Terma jamoalar 13 sentyabr kuni dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazishgan va unda vakillarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bugun jamoalar ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar. 

Uchrashuv soat 18:00da "Yunusobod" sport majmuasida boshlanadi. 

O'FA matbuot xizmati xabar berishicha, futzalchilarimiz bugungi o'yinda oq libosda harakat qilishadi. 

15 sentyabr

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Iroq

"Yunusobod" yopiq sport majmuasi. 18.00

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia