Futzal. Bugun terma jamoamiz Fransiyaga qarshi bahs olib boradi

Khoja
19 avg 2024, 08:02
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Yevropadagi yig'in davomidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Terma jamoamiz Parij shahrida Fransiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 22:00 ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Yevropadagi yig'in davomida uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O'yinlarning bittasida terma jamoamiz g'alaba qozongan bo'lsa, ikkita uchrashuvda imkoniyat boy berildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia