Futzal. Bugun O'zbekiston Belarusga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2024, 08:53
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston va Belarus terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etiladi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi. 

Bahs "Foreign languages" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Eslatib o'tamiz, terma jamoalar o'rtasidagi birinchi uchrashuv 7 fevral kuni o'tkazilgan va unda Belarus 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia