Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi oq rangdagi libosda harakatlanadi

Sherzod Nurmatov
9 apr 2022, 20:38
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar qildi.

"Ertaga futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichidagi yurishini Nepal jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 

Uchrashuvda futzalchilarimiz to'liq oq libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi", – deyiladi O'FA xabarida.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.

Avvalroq O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida qatnashish uchun Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahriga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o'tamiz, qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi. Uchrashuvlar 12 aprelga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати