

Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi mutassaddilari, muxlislar, futzalchilarning yaqinlari va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Futzalchilarga Osiyo chempionatidaga yorqin o'yin va bronza medallari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi musobaqalarda bundan ham katta natijalarga erishishlariga tilak bildirildi.
Shuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Osiyo chempionati davomida ularni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytib, xalqaro maydonlarda O'zbekiston shanini munosib himoya qilishga vada berishdi.








