Futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ yig'inni davom ettirmoqda GALEREYA

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2019, 14:50
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz mashg'ulotlarni 1 iyul sanasida boshlashgan. 26 iyulga qadar davom etadigan yig'in doirasida futzalchilarimiz kuniga ikki mahaldan (10:00da va 16:00da) shug'ullanishmoqda. Futzal terma jamoamizning kechagi mashg'ulotini "Bunyodkor" akademiyasi zalida kuzatib bordik. Asosan yosh o'yinchilar taklif etilgan yig'in yaxshi kayfiyatda o'tmoqda. Hamma o'yinchilar soppa-sog' va mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etishmoqda.


Yig'inda ishtirok etayotgan futzalchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Akmaljon Hazratqulov (“Paxtakor”), Ravshan Eliboev (“Paxtakor”), Abbos Elmurodov (“Lokomotiv”), Islom Miraliev (“Bunyodkor”).

Futzalchilar: Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”), Muhammad Zoirov (“Paxtakor”), Avaz Abduvaliev (“Paxtakor”), Laziz Ubaydullaev (“Dinamo”), Botir Rizaev (“Maksam-Chirchiq”), Shoxzod Sadiev (“Dinamo”), Dilmurod Shavkatov (“Paxtakor”), Husan G'aniev (“Navbahor”), Ahmadxon Mamadaliev (“Navbahor”), Isoxon Ibragimov (“Navbahor”), Dilmurod Jumaev (“So'g'diyona”), Davlat Ibragimov (“Dinamo”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”), Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”).

O'zbekiston MTJning 16 iyuldagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

AGMK bilan birga klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan futzalchilar ushbu yig'inga chaqirilmagan. Ular keyingi yig'inlarda ishtirok etishadi.



O'zbekiston MTJning 16 iyuldagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia