Futzal. 6-tur haqida qiziqarli faktlar

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022, 20:51
Futzal bo'yicha Oliy liga bahslarining 6-turi ortda qoldi. 19–21 yanvar kunlari o'tkazilgan uchrashuvlar haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi.

- Bu turda jamoalar 3 tadan o'yin o'tkazishdi

- 18 uchrashuvda jami 125 ta gol kiritildi

- 6-turda AGMK va "Huaxin-Jizzax" futzalchilari boshqa klublarga nisbatan ko'roq to'p kiritishdi (19 tadan) va kamroq o'tkazib yuborishdi (4 tadan)

- Tur doirasidagi eng yirik hisob "Stroitel-Zarafshon" - AGMK o'yinida qayd etildi (0:11)

- 18 uchrashuvning faqat 3 tasida durang natija qayd etildi

- Turni AGMK, "Paxtakor" va "Huaxin-Jizzax" jamoalari mag'lubiyatsiz yakunladi

- Faqatgina "Bunyodkor" 6-turda raqiblaridan ochko ololmadi (0)

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfl.uz