Futzal. 15 soniya qolganida penaltidan gol urolmagan O'zbekiston termasi Yaponiyaga mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
23 noya 2023, 20:57
Toshkentda O'zbekiston hamda Yaponiya termalari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

Ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham yaponlarning qo'li baland keldi, 4:3. Qayd etish kerak, bahsning yakuniga 15 soniya qolganida Ilhomjon Hamroev penaltidan raqib postini ishg'ol qila olmadi.

O'zbekiston - Yaponiya 3:4

Gollar: Jamshid Rahmatullaev (5), Elbek To'lqinov (26), Ilhomjon Hamroev (36) – Takumi Nagasaka (5, 6), Sora Kanazava (15), Yuto Tutsumi (38).

O'zbekiston: Abbos O'lmasbekov, Ilhomjon Hamroev, Ravshan Ismatullaev, Elbek To'lqinov, Abdulla Solihov.

Zaxiradagilar: Ravshan Eliboev, Mashrab Odilov, Fazliddin Botirov, Akbar Usmonov, Mehroj Xudoyberdiev, Jamshid Rahmatullaev, Asli Muhammadiev, Akmal Elmurodov.

Yaponiya: Fuiza Fabio, Yoshikava Tomoki, Yuto Tutsumi, Sora Kanazava, Kazuya Shimicu.

Zaxiradagilar: Kuromoto Gilerme, Uexara Takuya, Ishida Kentaro, Ito Keyta, Shoto Yamanaka, Takexiro Motoishi, Ruan Nakamutso, Saito Xyuga, Uchimura Shunta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia